Institut rektori Dilnoza Xodjayeva va OʻzLiDeP Qoʻqon shahar kengashi raisi X. Muqadasov imzolagan memorandum natijasida tomonlar oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, talaba-yoshlarni siyosiy jarayonlarga faol jalb etish, ularni partiya faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasi tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash borasidagi ishlarni tizimli amalga oshirishga kelishib olindi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 2019-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan saylovlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi 53 ta deputatlik oʻrnini qoʻlga kiritgan.

SOURCE✍️QDPI matbuot xizmati